Kiyev Donbassda demilitarizatsiya zonasiga tayyor
Dunyo
Ukraina Donbassda demilitarizatsiya zonasini yaratish masalasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu haqda muzokaralar bilan tanish manbalarga tayanib, Fransiyaning Le Monde nashri xabar berdi.
Gazetaning yozishicha, ushbu band AQSh tomonidan taklif etilgan “tinchlik rejasi”ning Ukraina tomoni tomonidan qayta ko‘rib chiqilgan variantiga kiritilgan va u Kiyevning AQSh hamda Rossiya bilan muzokaralaridagi muhim yon berishlardan biri sifatida baholanmoqda.
Kiyev qo‘shinlar har ikki tomonda — front chizig‘i bo‘ylab — simmetrik tarzda olib chiqilishi kerakligini ta’kidlamoqda. Prezident administratsiyasi maslahatchisi Mixail Podolyak aytganidek, zonada barcha qurollar taqiqlanishi yoki cheklovlar faqat og‘ir texnikaga taalluqli bo‘lishi masalasi huquqiy jihatdan belgilab olinishi lozim.
Shuningdek, Ukraina kelajakdagi buzilishlarning oldini olish uchun xalqaro kuzatuv missiyalari va xorijiy kontingentning mavjudligini ta’minlash zarurligini bildirdi.

Powered by Froala Editor