Sog'likka xavf tug'diruvchi chalg'ituvchi reklamalar cheklanishi kuchaymoqda
O'zbekiston
Biologik faol qo‘shimchalar va oziq-ovqat qo‘shimchalarining zararli va chalg‘ituvchi reklamalariga qarshi kurash olib borilmoqda. Bu harakatlar, ayniqsa, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va sog‘liq uchun xavf soluvchi noto‘g‘ri reklamalarga cheklovlar kiritish maqsadida qaratilgan.
Raqobat qo'mitasi tomonidan so'nggi vaqtlarda biologik faol qo'shimchalarning ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalariga doimiy ravishda monitoring o'tkazilib, bu reklamalarni qonunchilik talablariga mosligini tekshirmoqda. 2023 yil davomida 2205 ta reklama o'rganilib, shundan 328 tasi qonunga zid deb topilib, bartaraf etilgan.
Andijon viloyatida "Taraqqiyot TV" telekanalida “Qomus” kapsulalari reklamasida chalg‘ituvchi iboralarning ishlatilishi aniqlandi. Hududiy boshqarma telekompaniya faoliyatiga nisbatan ish qo‘zg‘atib, mahsulot reklamasi efirdan olib tashlandi. Shu bilan birga, Toshkent shahrida “Жить Здорово” gazetasida chop etilgan “Neofleks” reklamasida ham qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, mas'ul shaxslarga jarima qo'yildi.
Namangan viloyatida "Mahalla" telekanalida "Fito-Plyus" va "Gemorroid" qo'shimchalari reklamasida noto'g'ri iboralar aniqlanib, "HERBAL MED" kompaniyasiga reklamani yangilash talabi qo'yildi. Yangilangan reklamalar efirga uzatilgan.
Shuningdek, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridagi turli Telegram kanallarida ham qonunga zid reklama holatlari kuzatilgan. Kanal adminlariga tushuntirishlar berilib, bunday reklamalar o'chirilgan.
Biologik faol qo‘shimchalar kasalliklarni davolovchi vosita emas. Ishlab chiqaruvchilar va reklamachilar qonun talablariga qat’iy amal qilishlari talab etiladi.

Powered by Froala Editor