Klintonlar Epshteyn ishi bo‘yicha ko‘rsatma berishga rozi bo‘ldi

Dunyo

AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton va sobiq davlat kotibi Xillari Klinton Djeffri Epshteyn ishi bo‘yicha Kongress tekshiruvi doirasida ko‘rsatma berishga rozi bo‘ldi. Qaror Kongressga hurmatsizlik ayblovlari xavfi fonida qabul qilindi.

Klintonlar Epshteyn ishi bo‘yicha ko‘rsatma berishga rozi bo‘ldi
Bill va Xillari Klinton AQSh Kongressi Vakillar palatasining nazorat qo‘mitasida Djeffri Epshteyn ishi bo‘yicha ko‘rsatma berishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Klintonlar advokati ma’lum qildi.

Qaror qo‘mita raisi, respublikachi Jeyms Komer ularni Kongressga hurmatsizlik bo‘yicha javobgarlikka tortish tashabbusini ilgari surganidan so‘ng qabul qilindi. Advokatlar qo‘mitaga Klintonlar belgilangan sanalarda chiqishga tayyor ekanini bildirgan.

Komer kelishuv hali yakunlanmaganini va ayblovlar jarayoni rasmiy ravishda to‘xtatilmaganini ta’kidladi. Uning aytishicha, barchasi beriladigan ko‘rsatmalarga bog‘liq.

Kongressga hurmatsizlik ayblovi katta jarima yoki, nazariy jihatdan, jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin.

So‘nggi daqiqalarda boshlangan muzokaralar fonida Vakillar palatasi reglament qo‘mitasi masalani ko‘rib chiqishni vaqtincha kechiktirdi.

Tekshiruv respublikachilar tomonidan olib borilmoqda va 2019 yilda qamoqda vafot etgan Djeffri Epshteyn bilan bog‘liq yuqori lavozimli shaxslar aloqalariga qaratilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing