Kolumbiya Isroildagi elchisini chaqirib oldi
Dunyo
“Agar Isroil Falastin xalqini ommaviy qirg‘in qilishni to‘xtatmasa, biz u yerda qola olmaymiz”, deya taʼkidlamoqda Kolumbiya Prezidenti.
Chilidan so'ng darhol Lotin Amerikasining yana bir davlati — Kolumbiya Isroildagi elchisini chaqirib olganini e'lon qildi. Bu haqda Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
“Men Isroildagi elchimizni chaqirib olishga qaror qildim. Agar Isroil Falastin xalqini ommaviy qirg‘in qilishni to‘xtatmasa, biz u yerda qola olmaymiz”, deya “Reuters” uning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda.
Biroz oldinroq Chili Tashqi ishlar vazirligi va Prezidenti Isroildagi elchisini chaqirib olishini e'lon qilgandi, hatto undan oldin Lotin Amerikasining yana bir davlati Boliviya Isroil bilan diplomatik munosabatlarni uzganini bildirgan. Boliviya Isroilni G‘azo sektorida insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblaydi.

Powered by Froala Editor