Komil Allamjonovga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqarildi
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi Komil Allamjonovga suiqasd qilishga uringan jinoiy guruh a’zolariga hukm chiqardi. Asosiy ayblanuvchilar 23 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi.
Oliy sud matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 12-fevral kuni sud Komil Allamjonovning hayotiga tajovuz qilishda ayblangan o‘n nafar sudlanuvchiga hukm o‘qidi. Sud qaroriga ko‘ra, Shuxrat Rasulov, Ismoil Jahongirov va Shohrux Ahmedov 23 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Javlon Yunusov 18 yil 6 oy, Doniyor Toshxo‘jayev esa 7 yilga hukm qilindi. Yana besh nafar ayblanuvchi jinoyatga aloqadorlik darajasiga qarab turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan.
Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, hujum o‘tgan yilning 26-oktabr kuni soat 01:40 da sodir bo‘lgan. Allamjonov Qibray tumanining Ifor ko‘chasida Range Rover avtomobilida harakatlanayotganida, mashinaga bir necha marta o‘q uzilgan. Hujumdan so‘ng jinoyatchilar voqea joyidan qochib ketishdi.
Sud jarayoni bir necha oy davom etdi. Unda jinoyat tafsilotlari, tashkilotchilar va ijrochilar aniqlab olindi. Sud hukmi adolatni ta’minlash va aybdorlarni jazolash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Powered by Froala Editor