O‘zbekiston koʻp oltin sotib oluvchi davlatlar beshligidan joy oldi
O'zbekiston
O‘zbekistondagi qimmatbaho metal zaxiralari yetti tonnaga oshdi. Umuman olganda iyuldan sentyabrgacha jahon markaziy banklari 337 tonna oltin sotib olgan.
Uchinchi chorak yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki oltin xarid qilish bo‘yicha dunyoning yetakchi Markaziy banklari beshligiga kirdi. Buni Jahon oltin kengashi statistik ma’lumotlari tasdiqlaydi.
Umumiy hisobda O‘zbekistondagi qimmatbaho metal zaxiralari yetti tonnaga oshgan. Reytingda 78 tonna oltin sotib olgan Xitoy Markaziy banki yetakchilik qilmoqda.
Kuchli uchlikdan Polsha Markaziy banki (57 tonna) va Turkiya (39 tonna) joy olgan. Hindistonga toʻrtinchi oʻrin nasib qildi.
Qayd etilishicha, iyuldan sentyabrgacha jahon markaziy banklari 337 tonna oltin sotib olgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 27 foizga kam.
London Qimmatbaho metallar bozori assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko’ra, oltinning bir unsiya o’rtacha narxi 1,9 ming dollarga baholangan, yillik o’sish 12 foizni tashkil etmoqda.

Powered by Froala Editor