Kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni internet orqali tarqatganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
Texnologiya
O‘zbekiston Respublikasida kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni internetda tarqatish va reklama qilish uchun javobgarlik sezilarli darajada kuchaytirildi. Prezident tomonidan imzolangan yangi qonun (O‘RQ-971-son) bilan bir qator kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonunga ko‘ra, endilikda telekommunikatsiya tarmoqlari yoki internet orqali giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni noqonuniy muomalaga kiritish, ayniqsa, voyaga yetmaganlarni jalb etish holatlariga qarshi qattiq choralar qo‘llaniladi. Ushbu jinoyatlar uchun javobgarlik jinoiy kodeksda kuchaytirildi.
Shuningdek, kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish yoki saqlash kabi harakatlar uchun ham ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirildi. Bunday qonunbuzarliklar uchun yuqori jarimalar va hatto ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Mazkur qonun rasmiy e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va mamlakatda narkotiklar va psixotrop moddalarning noqonuniy tarqalishiga qarshi kurashni yangi bosqichga olib chiqadi.

Powered by Froala Editor