Kuleba: Ukrainani tarixdagi eng yomon qish kutmoqda

Dunyo

“Ukrainaga qishda fuqarolik infratuzilmasini himoya qilish uchun havo hujumidan mudofaa tizimlari ko‘proq kerak”, dedi Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba "Die Welt" nashriga bergan intervyusida. Bundan tashqari, Kiyev Germaniyaning Taurus raketalari yetkazib berilishiga erishmoqchi.

Kuleba: Ukrainani tarixdagi eng yomon qish kutmoqda
Ukraina Germaniyaning uzoq masofaga uchuvchi "Taurus" raketalarini yetkazib berishdan bosh tortishiga vaqtincha "ko‘z yumishga" tayyor, ammo buning evaziga nemis rasmiylari kelgusi qishda mamlakat fuqarolik infratuzilmasini himoya qilish uchun ko‘proq havo mudofaa tizimlarini topshirishi kerak. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba 6-noyabr kuni chop etilgan "Die Welt" nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Men o‘nlab shamlar sotib oldim. Dadam bir yuk mashinasi o‘tin sotib oldi. Biz har qachongidan ham yomon qishga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Shuning uchun "Taurus"ni olmasak, mayli, bunga ko‘z yumamiz, lekin havo hujumidan mudofaa tizimlari kerak. Biz elektr stansiyalarimizni qo‘limizdan kelgancha himoya qilishga urinyapmiz. Lekin rossiyaliklar bunga allaqachon moslashib bo‘lgan. Ular raketalari bilan bizning chidamliligimizni yana sinovdan o‘tkazadi. Lekin biz g‘alaba qozonamiz", dedi Ukraina TIV rahbari.

"Shu bilan birga, Kiyev kelajakda Germaniyadan "Taurus" qanotli raketalarini olishga umid qilmoqda", deya ta’kidladi u. "Taurus mavzusi biz uchun hali yopiq emas va biz bu borada ishlashda davom etamiz. Germaniya har doim juda yuqori axloqiy me’yorlar asosida baholanadi, lekin shu bilan birga, u qanday ulkan burilish yasaganini unutib qo‘ymoqda. 2022 yilning 24-fevraliga qadar faqat Rossiya bilan do‘stlik haqida bayonotlar berilgan vaqtlarni eslab ko‘ring. Bugungi kunda hech kim bunday qilmayapti", dedi vazir.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing