Livan Hizbulloh bosh shtab boshlig'ining halok bo'lishini rad etdi
Dunyo
Livaning Hizbulloh shia tashkiloti, Isroilning Bayrutdagi El-Bosta al-Favqa hududiga uyushtirgan havo hujumi natijasida o'zining qurolli militsiyasi bosh shtab boshlig'i halok bo'lganini rad etdi.
Hizbullohning parlamentdagi "Qarshilik ko'rsatishga sodiqlik" fraksiyasi a'zosi Amin Sherri, hujumda hech qanday Hizbulloh a'zosi yashamaganini va Bayrutda harbiy nishonlar yo'qligini ma'lum qildi.
Deputatning so'zlariga ko'ra, Isroil “Yana bir bor poytaxtning markaziy qismida tinch aholiga hujum qildi”. “U (Isroil) Livan janubidagi quruqlikdagi operatsiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchragani uchun tinch aholidan qasos olmoqda”, dedi Sherri.
Avvalroq, Dubayning Al Hadath telekanali, Isroilning Bayrutga tongda uyushtirgan havo hujumidan maqsad shia militsiyasi operativ shtab boshlig‘i Muhammad Haydarni yo‘q qilish ekanligini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, telekanal “Hizbulloh” harbiy rahbari havo hujumida halok bo‘lganmi yoki tirik qolganmi, aniqlik kiritmagan.

Powered by Froala Editor