London Ukrainaga qurol-yarog‘ uchun ko‘p millionlik kredit ajratdi
Dunyo
Buyuk Britaniya G7 dasturi doirasida Ukrainaga 752 million funt sterling miqdorida mablag‘ ajratdi. Kredit Rossiya aktivlaridan olingan daromadlar hisobidan to‘lanadi.
Buyuk Britaniya 2025-yil 14-aprel, dushanba kuni Ukraina uchun G7 kredit dasturi — Ukraina uchun favqulodda daromadlarni tezlashtirish kreditlari (ERA) doirasida 752 million funt sterling (taxminan 875 million yevro) miqdorida ikkinchi to‘lovni amalga oshirdi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati rasmiy saytida e’lon qilingan press-relizda aytiladi.
Qayd etilishicha, ushbu to‘lov 2,26 milliard funt sterling (taxminan 2,63 milliard yevro) miqdoridagi yirik kreditning bir qismidir. Bu kredit Yevropa Ittifoqidagi Rossiya davlatining muzlatilgan aktivlaridan olinadigan favqulodda daromadlar hisobiga qaytariladi. Mazkur kelishuv 1-mart kuni Buyuk Britaniya moliya vaziri Reychel Rivz va Ukraina moliya vaziri Sergey Marchenko tomonidan imzolangan.
"Bu moliyaviy yordam Ukrainaga hayotiy muhim harbiy uskunalarni, jumladan havo hujumidan mudofaa vositalarini xarid qilish imkonini beradi. Mablag‘ aynan Rossiya Ukraina shaharlariga, jumladan Sumiga, havodan hujumlarni davom ettirayotgan paytda yetkazilmoqda", — deyiladi Britaniya hukumati 14-apreldagi bayonotida.
London bu mablag‘lar hisobiga sotib olinadigan uskunalarni qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatishga sarflanadigan pullar asosan Buyuk Britaniyada ishlatilishini va bu o‘z navbatida mamlakat iqtisodiy o‘sishiga va malakali ish o‘rinlarining ko‘payishiga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.
"Ukrainaning kuchli bo‘lishi Buyuk Britaniya milliy xavfsizligi uchun nihoyatda muhim. Bu ikkinchi to‘lov Ukrainani eng kuchli pozitsiyada ushlab turishga va bizning umumiy xavfsizligimizga hissa qo‘shishga yordam beradi", — dedi Britaniya moliya vaziri Reychel Rivz.
G7 davlatlari ERA (favqulodda daromadlarni tezlashtirish kreditlari) dasturi doirasida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun jami 50 milliard dollar ajratishni rejalashtirgan.
Buyuk Britaniyaning 2,26 milliard funt sterlinglik krediti uch bosqichga bo‘lingan. Uning birinchi qismi Ukrainaga 6-mart kuni yetkazilgan, oxirgi bosqichdagi to‘lov esa 2026-yilda amalga oshirilishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor