“Luna-25” koinotdan ilk suratlarni uzatdi

Texnologiya

Oyga parvozini davom ettirayotgan “Luna-25” sayyoralararo stansiyasi koinotdan birinchi suratlarni uzatdi. Suratlar Rossiya Fanlar akademiyasining Koinot tadqiqotlari instituti saytida e'lon qilindi.

“Luna-25” koinotdan ilk suratlarni uzatdi
Rossiya Fanlar akademiyasining Koinot tadqiqotlari instituti 2023-yil 13-avgustda “Luna-25” avtomatik stansiyasidagi ilmiy asboblardan olingan telemetriya va o'lchov ma'lumotlarini ekspress tahlilini yakunladi. STS-L bort telekameralari orqali koinotdan ilk suratlar yuborildi.

Ikkita kadrda Yer va Oy fonida Luna-25 konstruktiv elementlar, uchinchisida esa missiya emblemasi va bortdagi manipulyator idishi aks etgan.

11-avgust kuni Moskva vaqti bilan soat 2:11 da Vostochniy kosmodromidan Soyuz 2.1b raketasi deyarli 50 yil ichida birinchi marta mahalliy Oy stansiyasi Luna-25 bilan birga koinotga uchirildi.

Qurilma Oyning janubiy qutbidagi qiyin relyefli mintaqaga yumshoq qo'nishni amalga oshiradigan birinchi stansiyaga aylanishi mumkin. Avvalgi stantsiyalar ekvatorial zonaga qo'ngan. Stansiyaning asosiy maqsadi muzning mavjudligini aniqlash uchun Oy tuprog'ida tadqiqotlar o'tkazishdan iborat.

Luna-25 zamonaviy Rossiya tarixidagi birinchi oy stansiyasiga aylanadi. Yer tabiiy yo'ldoshiga yuborilgan so'nggi sovet kosmik kemasi 1976-yilda uchirilgan va “Luna-24” deb nomlangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing