Mahalliy brendlarga xalqaro brendlar bilan hamkorlik qilgani uchun $1 million grant ajratiladi
Biznes
O‘zbekiston Prezidenti 2024 yil 7-avgustda “Mashhur xalqaro brendlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va milliy brendlarni sanoat sohasida qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Ushbu qaror mahalliy ishlab chiqaruvchilarga xalqaro miqyosda tan olingan brendlar bilan ishlash imkoniyatini beradi.
2025 yildan boshlab, har yili 1-aprelga qadar Savdo-sanoat palatasi bir qator mashhur xalqaro brendlar va milliy brendlar ro‘yxatini e'lon qiladi. Xalqaro brendlar dunyo miqyosida eng yaxshi 500 ta brend qatoriga kiradi, milliy brendlar esa ikki bosqichda aniqlanadi va baholanadi. Bu ro‘yxatni tuzishda Milliy konsalting kompaniyalari, OAV, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlar tahlili ham hisobga olinadi.
Qaror bilan joriy yil 1-sentabrdan boshlab bir qator moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari amalga oshiriladi. Yuqori va o‘rtacha barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlik sub’ektlariga xalqaro brendlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzgan holda, xalqaro standartlarni joriy etish, ekologik sertifikatlash va kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha xarajatlar qoplanadi.
Bundan tashqari, xalqaro brendlar bilan hamkorlik qilayotgan ishlab chiqaruvchilarga kamida $1 million miqdorida grant ajratiladi. Shuningdek, milliy brendlar uchun xalqaro savdo maydonchalariga chiqish, mahsulotni xorijda targ‘ib qilish va xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashish xarajatlarining bir qismi qoplanadi.

Powered by Froala Editor