Mahalliy yo‘nalishlardagi temir yo‘l chiptalari narxi oshiriladi

O'zbekiston

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari hamda “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tez yurar poyezdlarining chiptalar narxi 20 foizga oshmoqda.

Mahalliy yo‘nalishlardagi temir yo‘l chiptalari narxi oshiriladi
20-yanvardan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari hamda “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tez yurar poyezdlarining chiptalar narxi 20 foizga oshmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.

“Afrosiyob” yuqori tezlikdagi elektr poyezdlariga chiptalar narxi quyidagicha etib belgilandi:

Toshkent — Buxoro — Toshkent

• VIP — 636 ming so‘m;
• Biznes — 462 ming so‘m;
• Ekonom — 336 ming so‘m.

Toshkent — Qarshi — Toshkent

• VIP 534 ming so‘m;
• Biznes 390 ming so‘m;
• Ekonom 282 ming so‘m.

Toshkent — Samarqand — Toshkent

• VIP 396 ming so‘m;
• Biznes 276 ming so‘m;
• Ekonom 204 ming so‘m.

Qayd etilishicha, narxlar temir yo‘l infratuzilmasini isloh qilish, elektr energiyasi — yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish, temir yo‘l vokzallarini davr talablariga muvofiq saqlash maqsadida oshirilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing