Makgregor: Urushning oxiri yaqin— G‘arb Ukraina Qurolli Kuchlariga pul sarflashi befoyda

Dunyo

AQSh armiyasining iste'fodagi polkovnigi Duglas Makgregor Daniel Davis/Deep Dive kanaliga bergan intervyusida Ukraina mojarosining oxiri yaqin ekanini aytdi. Bu haqda Rossiyaning RT telekanali xabar berdi.

Makgregor: Urushning oxiri yaqin— G‘arb Ukraina Qurolli Kuchlariga pul sarflashi befoyda
"Norasmiy so‘rovlarga asoslangan tahlillarga ko‘ra, G‘arbiy Ukrainada mojaroga barham berish istagi kuchaygan. Ya'ni, ukrainaliklar allaqachon so'nggi nafas olishmoqda. Shu bois, Kiyevga pul jo‘natish befoyda, agar gap, albatta, insonparvarlik yordami haqida ketmasa”, — dedi tahlilchi.

Ekspert Rossiya o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarish uchun yetarlicha askarlar va qurolga ega ekanligini ta’kidladi. Biroq, uning fikricha, rus qo'shinlari Odessaga darhol hujum qilmaydi.

"Menimcha, ular Odessaga qarshi qat'iy choralar ko'rishdan oldin, biz uning shimolida, shimoli-sharqida ko'proq harakatlarni ko'ramiz. Ayni paytda ukrainaliklar Kiyevni Stalingradga aylantirmoqchi. Va barchamizga ma'lumki, u yerga borish rossiyaliklar uchun eng so‘nggi manzil", — deya xulosa qildi Makgregor tinchlik muzokaralari vaqti kelganini ta’kidlab.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing