Malayziya O‘zbekistonda agrodronlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
O'zbekiston
Malayziyaning yetakchi dron ishlab chiqaruvchisi Aerodyne Group O‘zbekiston bozoriga chiqishni rejalashtirmoqda. Kompaniya mamlakat qishloq xo‘jaligi sektori uchun dronlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.
Dastlabki bosqichda Aerodyne Group qishloq xo‘jaligi dronlari yordamida xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishni mo‘ljallamoqda. Keyinchalik kompaniya O‘zbekiston sharoitlariga moslashtirilgan zamonaviy gibrid dronlar ishlab chiqarishga investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, Malayziya tomoni dronlarni boshqarish va ularning dasturiy ta’minotini ishlab chiqish bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlaydigan o‘quv markazini tashkil etishga ham qiziqish bildirdi.

Powered by Froala Editor