Malayziya O'zbekistonga yangi aviaqatnovlarni yo'lga qo'ymoqda
Siyosat
"O'zbekistonga Malayziya va Indoneziyadan musulmon sayyohlar oqimini yana-da oshirish maqsadida guruh qoshida faoliyat yuritayotgan "Ikhlas" sayyohlik kompaniyasi mamlakatingiz turoperatorlari bilan yaqin hamkorlik qilishga tayyor. Shuningdek, O'zbekistonga bo'lajak aviaparvozlarni yo'lga qo'yish bo'yicha amaliy harakatlarni boshlash hamda sayyohlar uchun yaratilgan infratuzilma bilan yaqindan tanishish maqsadida kompaniya delegatsiyasining O'zbekistonga safari rejalashtirmoqda", dedi Malayziyaning yetakchi aviakompaniyasi direktori Benyamin Ismoil.
O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Capital A Berhad" kompaniyasi raisi va hammuassisi Kamarudin Meranun hamda "Air Asia X" aviakompaniyasi bosh ijrochi direktori Benyamin Ismoil bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuv boshida Kamarudin Meranun "Air Asia X Berhad" aviakompaniyasi joriy yilning may oyidan e'tiboran Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yo'nalishi bo'yicha aviachiptalar sotuvini boshlash va sentyabr oyidan haftasiga 4 marotaba muntazam aviaqatnovlarni yo'lga qo'yish bo'yicha rejalarini ma'lum qildi.
Kompaniya raisi o'zining tarmoq kompaniyalari va O'zbekiston milliy aviatashuvchisi – "Uzbekistan Airways" kompaniyasi bilan birgalikda respublikamiz shaharlarini Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarini Markaziy Osiyo hamda MDH davlatlari bilan bog'laydigan yirik avia xablarga aylantirish niyatida ekanini bildirdi.
"Capital A Berhad" guruhi Osiyodagi eng yirik va yetakchi kam byudjetli (low-cost) aviakompaniya hisoblanadi. Aviakompaniya parki 200 ta samolyotdan iborat. Aviatsiya xoldingi 6 ta ("AirAsia Malaysia", "AirAsia X", "AirAsia Thailand", "AirAsia Indonesia", "AirAsia Philippines", "AirAsia Cambodia") aviakompaniyani birlashtiradi. "AirAsia X" kompaniyasi uzoq masofali reyslarni amalga oshiradi. Xolding Kuala-Lumpur, Bangkok, Jakarta, Manila, Pnompen aeroportlaridan xab sifatida foydalanadi. Hozirgi kunda aviaguruhning marshrut tarmog'i 160 dan ortiq yo'nalishdan iborat. Ular Osiyo va Okeaniyadagi yirik aeroportlarni qamrab oladi.

Powered by Froala Editor