Mamlakat investitsiyalarni jalb qilish sur’atini oshirmoqda
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyevga 2025-yilning birinchi choragidagi investitsiya siyosati yakunlari taqdim etildi. Birgina uch oyda O‘zbekiston iqtisodiyotiga 8,7 milliard dollardan ziyod - bir yil oldingiga nisbatan 20 foiz ko‘p xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.
Sarflangan mablag‘lar asosiy tarmoqlar - energetika, metallurgiya, kimyo, farmatsevtika, transport, qishloq xo‘jaligi va kommunal sohalarga yo‘naltirilgan. Barcha loyihalar qo‘shilgan qiymat va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan.
Birinchi yarim yillik yakuni bilan jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 18 milliard dollardan, yil yakuni bilan esa 42 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. 81 ta yirik loyiha, shuningdek, 8 mingdan ziyod o‘rta va kichik tashabbuslarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari har bir loyihaga alohida yondashuvni ta’minlash, bunga barcha mutasaddi vazirlik va hokimliklarni faolroq jalb etib, yuzaga kelayotgan masalalarni byurokratik kechikishlarsiz hal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Ayniqsa, global iqtisodiy beqarorlik sharoitida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tezkor ishga tushirish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Powered by Froala Editor