Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tabriklab, hamkorlikning asosiy masalalarini muhokama qildi

O'zbekiston

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 may kuni Qozog‘iston prezidenti Qаsim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlatimiz rahbari Qozog‘iston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, davlat rahbari sifatidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar, qardosh mamlakat xalqiga farovonlik tiladi.

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tabriklab, hamkorlikning asosiy masalalarini muhokama qildi
Suhbat chog‘ida yetakchilar O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarini yanada rivojlantirishning muhim jihatlarini batafsil muhokama qildilar. Yaxshi qo‘shnichilik, Ittifoqchilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar va ikki mamlakat ishtirokidagi xalqaro tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing