O‘zbekistonda yetishtirilgan dukkakli mahsulotlar Yevropa va Xitoyga eksport qilinmoqda
Biznes
Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida joylashgan BMB AGRO korxonasi tarkibidagi dukkakli mahsulotlarni qayta ishlash zavodining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mahalliy aholi, hokimiyat, prokuratura, soliq, IIB rahbarlari hamda BMB HOLDING Kuzatuv kengashi raisi ishtirok etdi. Marosim doirasida 50 nafar arnasoylik bolajonlar uchun sunnat to‘ylari ham tashkil etildi.
BMB AGRO korxonasi qishloq xo‘jaligi va eksportbop mahsulotlarni yetishtirishga ixtisoslashgan bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar va ilmiy yondashuvlar orqali hosildorlik yildan-yilga ortmoqda. Paxta va g‘alla yetishtirish bilan birga, korxona no‘xat, loviya, mash, tarvuz, qovun kabi dukkakli va poliz mahsulotlari ham yetishtirib, eksportga yo‘naltirilmoqda.
Foydalanilmay kelgan sho‘r va samarasiz yerlar ilmiy asosda qayta tiklanib, bu yerlarda hozirda gektariga 30–35 sentner paxta, 70–80 sentner g‘alla olinmoqda. Yetishtirilgan mahsulotlar xalqaro talablar asosida tozalanadi, saralanadi, qadoqlanadi va xorijiy davlatlarga eksport qilinadi.
BMB HOLDING tizimidagi klaster va mahalliy fermerlar hamkorligida 5000 gektarga mash, 2000 gektarga loviya, 1500 gektarga tarvuz-qovun, 50 gektarga pomidor ekildi. Poliz mahsulotlari Yevropaning Latviya va Polsha davlatlariga, dukkakli mahsulotlar esa asosan Xitoyga eksport qilinmoqda. Yil boshidan 2,4 million dollarlik mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, yil oxirigacha bu ko‘rsatkichni 10 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Yiliga 65 000 tonna mahsulotni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan yangi zavod Turkiya va Xitoydan keltirilgan 6,5 mlrd so‘mlik zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Korxona nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy mas’uliyatni ham zimmasiga olgan bo‘lib, ijtimoiy loyihalarni muntazam davom ettirishni maqsad qilgan.

Powered by Froala Editor