Manchester City O‘zbekistonning Artel kompaniyasi bilan hamkorlikni boshladi

Sport

Angliyaning Manchester City futbol klubi O‘zbekistonning Artel kompaniyasi bilan uzoq muddatli texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi. Rasmiy e’lon 19-dekabr kuni kutilmoqda.

Manchester City O‘zbekistonning Artel kompaniyasi bilan hamkorlikni boshladi
Abduqodir Husanovga yaqin manbalarga ko‘ra, hamkorlik doirasida Artel brendi jamoaning mashg‘ulot liboslarida aks etishi mumkin. Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonda Manchester City futbol akademiyasini ochishni rejalashtirmoqda. Bu mamlakatda bunday darajadagi xorijiy klub ishtirokidagi ilk akademiya bo‘ladi.

Avvalroq Manchester City Instagram sahifasida O‘zbekiston auditoriyasiga qaratilgan va bo‘lajak hamkorlikka ishora qiluvchi post e’lon qilgan edi. Ushbu xabar muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Hamkorlik tafsilotlari klubning rasmiy bayonotidan so‘ng ma’lum qilinadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing