Markaziy Bank 11 ta bank, bitta mikromoliya tashkiloti va bitta lombardga jarima sanksiyasi qo'lladi

Iqtisodiyot

Jarima saksiyasiga Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlar talablariga rioya qilinmaganligi hamda Markaziy bankka taqdim etilgan ma’lumotlarda noaniqliklarga yo‘l qo‘yilganligi sabab bo’lgan.

Markaziy Bank 11 ta bank, bitta mikromoliya tashkiloti va bitta lombardga jarima sanksiyasi qo'lladi
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2024 yilning iyun oyidagi yig‘ilishlarida 42 ta masala ko‘rilgan va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilingan, deb xabar bermoqda Bank matbuot xizmati.

Kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 14 ta masala – Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, banklar va mikromoliya tashkilotlarida o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari ham muhokama qilingan.

Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlar talablariga rioya qilinmaganligi hamda Markaziy bankka taqdim etilgan ma’lumotlarda noaniqliklarga yo‘l qo‘yilganligi va tekshirish natijalarida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 11 ta bank, 1 ta mikromoliya tashkiloti va 1 ta lombardga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, Qo‘mita tomonidan bank tizimi barqarorligini saqlash, omonatchilar va investorlar huquqlarini himoya qilish tamoyilidan kelib chiqib, tijorat banklari boshqaruvlari va mikromoliya tashkilotlari rahbariyatlariga aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, bank faoliyatida mavjud zaifliklarni bartaraf etish va moliyaviy holatini sog‘lomlashtirishga qaratilgan talablarga rioya qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing