Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida qoldirdi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2024-yilda umumiy inflyatsiya 8−9 foiz, YAIMning real o‘sishi 5,5−6 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvining 25-yanvardagi yig‘ilishida asosiy stavka yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, iqtisodiyotdagi yuqori talab dinamikasi ta’sirida shakllanayotgan kutilmalarni inobatga olib asosiy stavka darajasi o‘zgarishsiz qoldirildi. Prognozlarga ko‘ra, inflyatsiya yil yakunida 8-9 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Shakllantirilayotgan pul-kredit sharoitlari inflyatsiyani 5 foizlik target darajasigacha barqaror pasayish trayektoriyasini ta’minlashga qaratilgan.
“Umumiy inflyatsiya so‘nggi oylarda 8,8 foiz darajasida saqlanib qoldi. Iste’mol savatidagi tovarlar guruhida inflyatsiyaning pasayishiga qaramasdan, xizmatlar inflyatsiyasi oxirgi chorakda biroz tezlashdi. Bu esa, kelgusida talab tomonidan umumiy inflyatsiyaga oshiruvchi bosimlarning kuchayish ehtimoli mavjudligini ko‘rsatadi”, deyiladi xabarda.
Jahon iqtisodiyotdagi qatʼiy moliyaviy sharoitlar, mehnat bozorlarining muvozanatlashishi va xomashyo tovarlari narxlarining pasayuvchi dinamikasi taʼsirida global inflyatsiyaning 2024-yilda ham sekishlashishda davom etishi kutilmoqda.
Savdo hamkorlardagi joriy iqtisodiy tendensiyalar va kutilmalarni inobatga olib, kelgusi oylarda so‘mning real almashuv kursiga nisbatan yuqori bosimlar kuzatilmasligi taxmin qilinmoqda.
Yangilangan prognozlarga ko‘ra, asosiy ssenariy bo‘yicha 2024-yilda umumiy inflyatsiya 8-9 foiz, bazaviy inflyatsiya darajasi esa 7-8 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, 2024-yilda makroiqtisodiy rivojlanishning qaysi ssenariy shartlari asosida kechishi tashqi iqtisodiy omillar bilan birga maqroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashning ichki omillari, yaʼni tarkibiy islohotlar surʼatlari, fiskal intizom va pul-kredit siyosati taʼsirchanligiga bog‘liq bo‘ladi.
Ayni paytda, ayrim tartibga solinadigan narxlarda kutilayotgan o‘zgarishlar, aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlar hisobiga keyingi oylarda ichki narxlarga bir martalik taʼsir ehtimollarini pasaytirish choralari ko‘rilmoqda.

Powered by Froala Editor