Markaziy Bankning yangi raisi sifatida Timur Ishmetov tayinlanishi kutilmoqda

Iqtisodiyot

O‘zbekiston Markaziy Bankining raisi Mamarizo Nurmurodov lavozimidan ozod qilinishi kutilmoqda. Prezident, mamlakatning pul-kredit siyosatini boshqarayotgan 64 yoshli iqtisodchini Oliy Majlis Senatiga lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi taqdimnoma yubordi.

Markaziy Bankning yangi raisi sifatida Timur Ishmetov tayinlanishi kutilmoqda
Nurmurodov 2017-yil iyunidan boshlab Markaziy Bankni boshqarib kelgan va shu davr mobaynida bank-moliyaviy sektorda, xususan, valyuta erkinlashtirish masalalarida muhim rol o‘ynagan.

Endilikda, Markaziy Bankning yangi raisi sifatida Timur Ishmetov tayinlanishi kutilmoqda. 45 yoshli moliyachi, ilgari Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2017-yilda, Nurmurodov Markaziy Bank raisi etib tayinlangach, Timur Ishmetov uning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan va shu lavozimda 2 yil faoliyat yuritgan. So‘ngra, 2019-yil may oyida Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan va 2020-yilda Moliya vaziri etib tayinlanadi. 2022-yilda esa iqtisodiyot masalalari bo‘yicha Prezident maslahatchisi o‘rinbosari sifatida ish boshlagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing