Markaziy Osiyo davlatlari Afg‘oniston bo‘yicha kontakt guruhini tuzdi

O'zbekiston

26 avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlarining maxsus vakillari ilk bor uchrashib, Afg‘oniston bo‘yicha Markaziy Osiyo kontakt guruhini tashkil etdi.

Markaziy Osiyo davlatlari Afg‘oniston bo‘yicha kontakt guruhini tuzdi
Mazkur guruh mustaqil mintaqaviy platforma sifatida muntazam va maqsadli muloqot o‘tkazishga xizmat qiladi.

Uchrashuvda Markaziy Osiyo va Afg‘onistonning tarixiy, madaniy va iqtisodiy bog‘liqligini hisobga olgan holda muvozanatli va o‘ziga xos yondashuv ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Ishtirokchilar xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga, jumladan terrorizm, ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, savdo-iqtisodiy, transport-logistika va gumanitar aloqalarni qayta tiklash va rivojlantirish zarurligi qayd etildi.

Tomonlar kontakt guruhi yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazishga kelishib oldilar, jumladan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari doirasida ham.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing