Markaziy Osiyo logistikasida Rossiyaning monopol mavqei zaiflashmoqda
Iqtisodiyot
Markaziy Osiyo davlatlari transport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilib, ayrim marshrutlarga qaramlikni kamaytirish va savdoni geosiyosiy xatarlardan himoya qilishga intilmoqda. Ushbu jarayonda Xitoy va Markaziy Osiyoni Yevropa bozorlari bilan bog‘lovchi Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi — O‘rta koridorning ahamiyati ortmoqda.
Mazkur yo‘nalish Qozog‘iston, Kaspiy dengizi, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya orqali o‘tadi. 2022 yildan keyin uning roli sezilarli darajada kuchaydi. 2024 yilning dastlabki 11 oyida O‘rta koridor orqali yuk tashish hajmi 4,1 million tonnaga yetib, 63 foizga oshgan, konteyner tashuvlari esa 50,5 ming TEUni tashkil etgan.
Mintaqa davlatlari logistika infratuzilmasini ham rivojlantirmoqda. O‘rta koridor doirasida qo‘shma kompaniyalar tashkil etilib, uning o‘tkazuvchanligini oshirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, Eron orqali o‘tuvchi janubiy yo‘nalishga ham e’tibor kuchaymoqda. Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li ushbu tizimning muhim qismiga aylanishi mumkin. Hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha Sharqiy Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi yo‘lni qariyb 900 kilometrga, yuk yetkazib berish muddatini esa 7–8 kunga qisqartirishi mumkin.
Xitoy esa mintaqaning transport infratuzilmasini rivojlantirishdagi asosiy hamkorlardan biri bo‘lib qolmoqda. Natijada Markaziy Osiyo mavjud aloqalarni saqlagan holda, yangi va diversifikatsiyalangan savdo yo‘nalishlarini shakllantirmoqda.

Powered by Froala Editor