Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi sanoat hamkorligining yangi mexanizmini shakllantirmoqda
Iqtisodiyot
Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi sanoat sohasidagi hamkorlikning yangi mexanizmini shakllantirishni boshladi. 14-sentabr kuni Seulda mintaqa davlatlari va Koreya Respublikasi sanoat vazirlarining iqtisodiy o‘sish va innovatsiyalar manfaatlari yo‘lidagi kelajakdagi hamkorlikka bag‘ishlangan ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv «Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi» birinchi sammiti arafasida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, Koreya Respublikasi savdo, sanoat va resurslar vaziri Kim Chjon Gvan, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning tegishli idoralari rahbarlari ishtirok etdi.
Yangi format siyosiy muloqotni sanoat, savdo va texnologiyalar bo‘yicha amaliy kun tartibi bilan to‘ldirish, shuningdek, Markaziy Osiyo korxonalari va Koreya biznesi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Tomonlar bunday mexanizmni yaratish masalasini iyun oyida Qudratov va Kim Chjon Gvan muzokaralari chog‘ida muhokama qilgan edi.
2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi bilan tovar aylanmasi $10 mlrd dan oshib, qariyb 10% ga o‘sdi. 2026-yil yanvar–iyul oylarida esa bu ko‘rsatkich $6,5 mlrdni tashkil etib, 25% ga oshdi. O‘zbekistonda Koreya va mintaqa davlatlari kapitali ishtirokidagi 3 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston texnik to‘siqlarni bartaraf etish, sertifikatlar va sinov natijalarini o‘zaro tan olish, aniq yuqori texnologiyali loyihalarni o‘z ichiga olgan Sanoat kooperatsiyasi dasturini ishlab chiqish va sanoat tashabbuslari uchun yagona raqamli platforma yaratishni taklif qildi. Shuningdek, vazir o‘rinbosarlari darajasida doimiy ekspertlar guruhini tuzish taklif etildi. Ushbu tashabbuslarning barchasi Koreya tomoni tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Muhokamalarda ishlab chiqarishda sun’iy intellektdan foydalanish, avtomatlashtirilgan sifat nazorati, uskunalarga prognozli texnik xizmat ko‘rsatish, energiya samaradorligi va ishlab chiqarish ma’lumotlarini tahlil qilish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Muhandis va texnologlar uchun amaliyot dasturlarini kengaytirish ham rejalashtirilmoqda.
Yig‘ilish yakunida sanoat va ta’minot zanjirlari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi hamda «Koreya Respublikasi — Markaziy Osiyo» sanoat vazirlari maslahatlashuv mexanizmining qo‘shma bayonoti qabul qilindi.
Uchrashuv davomida Laziz Qudratov Kim Chjon Gvan bilan muzokara o‘tkazdi. Tomonlar strategik muhim foydali qazilmalarni izlash va o‘zlashtirish, shuningdek, eksport salohiyati va savdo hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston–Koreya platformalarini yaratishga oid bitimlarni imzoladi.

Powered by Froala Editor