Marko Rubio O‘zbekistonga 100 dan ortiq Amerika kompaniyalari delegatsiyasini boshqaradi

Iqtisodiyot

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio oktabr o‘rtalarida 100 dan ortiq Amerika kompaniyalari vakillaridan iborat biznes delegatsiyaga boshchilik qilib O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Tashrif Samarqandda bo‘lib o‘tadi va AQShning Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy hamda diplomatik aloqalarini rivojlantirishga qaratiladi. Bu haqda AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor ma’lum qilib, tashrifni «tarixiy» deb atadi.

Marko Rubio O‘zbekistonga 100 dan ortiq Amerika kompaniyalari delegatsiyasini boshqaradi
Tashrif doirasida Rubio Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi C5+1 formatidagi uchrashuvda qatnashadi.

AQSh tomoniga ko‘ra, muzokaralarda mintaqaviy iqtisodiy bog‘liqlikni chuqurlashtirish, energetika xavfsizligini mustahkamlash va Markaziy Osiyoning umumiy ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma yechimlarni ilgari surishga e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, AQSh Davlat kotibi O‘zbekiston rahbariyati va mintaqa davlatlari vakillari bilan uchrashib, savdoni kengaytirish, xususiy investitsiyalarni jalb etish va Markaziy Osiyoning iqtisodiy modernizatsiyasini qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qiladi.

Tashrif AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-investitsiya hamkorligi kengayib borayotgan bir paytda amalga oshirilmoqda. 2026 yil aprel oyida ikki davlat Amerika-O‘zbekiston biznes va investitsiyalar kengashini rasman ishga tushirgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing