Marko Rubio Samarqandda: AQSh milliardlab dollarlik kelishuvlarga umid qilmoqda
O'zbekiston
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Osiyoga ilk tashrifi doirasida Samarqanddagi tarixiy Registon maydoniga bordi. Uning ta’kidlashicha, C5+1 formatidagi muzokaralar va biznes vakillari bilan uchrashuvlar milliardlab dollarlik kelishuvlar tuzish uchun imkoniyat yaratadi.
Amerika delegatsiyasiga O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamrohlik qilmoqda. Registonda jurnalistlarga murojaat qilgan Rubio Samarqandning xalqaro savdo tarixidagi o‘rnini qayd etib, AQShning mintaqa bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
“Bu joy asrlar davomida savdo yo‘llari chorrahasi bo‘lgan. Jahon savdosi shu yerdan o‘tgan”, — dedi Davlat kotibi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qariyb 300 ta Amerika kompaniyasi vakillari biznes dasturi va C5+1 forumida qatnashish uchun kelgan. “Ushbu uchrashuvlar yakunida milliardlab dollarlik kelishuvlarni imzolash imkoniyatimiz bor. Bu kelishuvlar mintaqa davlatlariga ham, Qo‘shma Shtatlarga ham iqtisodiy foyda keltiradi”, — dedi u.
Rubio AQSh Markaziy Osiyo, avvalo O‘zbekiston uchun ishonchli hamkor bo‘lishni, savdo va ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishni istashini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, ikki tomonlama munosabatlar mojarolar emas, balki imkoniyatlar va umumiy farovonlik asosida rivojlanmoqda. Davlat kotibi prezident Donald Tramp ham imkoniyat bo‘lsa, O‘zbekistonga tashrif buyurishdan manfaatdor ekanini aytdi. Rubioning so‘zlariga ko‘ra, tashrif sanalarini kelgusi yilda muhokama qilish mumkin.
Samarqandda AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining C5+1 uchrashuvi, Amerika–O‘zbekiston biznes va investitsiya kengashining ikkinchi yig‘ilishi hamda Rubio va Baxtiyor Saidov o‘rtasida kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining birinchi bosqichi rejalashtirilgan.
Biznes dasturi olti yo‘nalishni qamrab oladi: raqamli texnologiyalar, ta’lim va sog‘liqni saqlash, mineral resurslar, energetika va transport, qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik, moliya va investitsiyalar. Shuningdek, loyihalar, ularni amalga oshirish shartlari va moliyalashtirish manbalarini muhokama qilish uchun B2B va B2G muzokaralari o‘tkaziladi.

Powered by Froala Editor