"Mashhur italiyalik qo'shiqchi Toto Kutuno vafot etdi"
Dunyo
2023 - yil 22-avgust Milandagi San-Raffaele kasalxonasida dunyoga mashhur italiyalik qo'shiqchi Toto Kutuno vafot etdi. U 80 yoshda edi.
1983 yilda Sanremo festivalida namoyish etilgan "l'italiano" xiti tufayli yulduzi porlagan Kutuno so'nggi oylarda murakkablashgan uzoq davom etgan kasallik tufayli vafot etdi. Uning o'limi musiqa olamini qayg’uga soldi.
Qo'shiqchining haqiqiy ismi Salvatore Kutuno, 1943 yil 7-iyulda Toskanadagi kichik shaharcha Fosdinovoda tug'ilgan. Ikkinchi jahon urushi uning bolaligiga ta'sir qildi, ammo tez orada uning oilasi Liguriya mintaqasiga ko'chib o'tdi.
Unda musiqaga moyillik bolaligidan namoyon bo'lgan. 1960-yillarda oilasi tomonidan qo'llab-quvvatlanib, u musiqiy karerasini "Toto e i Tati" guruhida baraban chalib boshladi va keyinchalik o'zining "Albatros" guruhini tashkil etdi.
Kutuno yakkahon faoliyatini 1970-yillarning oxirida boshlagan va Voglio L'anima (1979), La mia musica (1981) va L'italiano (1983) albomlari bilan muxlislar qalbini zabt etgan. Shuningdek, u 1980 yilda Sanremo festivalida va Zagrebda bo'lib o'tgan "Evrovidenie-1990" tanlovida g'olib chiqdi.
O'z karerasidan tashqari, Kutuno Jo Dassen, Mirey Matyo va Adriano Chelentano kabi taniqli san’atkorlar uchun qo'shiqlar yozgan. U butun hayoti davomida italyan musiqasining ramzi bo'lib qoldi va jahon madaniyatida unutilmas iz qoldirdi.

Powered by Froala Editor