Shavkat Mirziyoyev Masud Pezeshkianni tabrikladi
Siyosat
O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Masud Pezeshkianni Eron Islom Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan tabriklab, mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga ishonch bildirdi.
Davlatimiz rahbari o‘z maktubida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli sheriklik barcha ustuvor yo‘nalishlarda yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.
"Biz katta salohiyat va imkoniyatga ega bo‘lgan, so‘nggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan davlatingiz bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni bundan buyon ham izchil va samarali kengaytirishdan manfaatdormiz", - deyiladi maktubda.

Powered by Froala Editor