MB banklarni jazoladi, ikki to‘lov tizimi faoliyatini chekladi
Iqtisodiyot
O‘zbekiston Markaziy banki bir qator moliyaviy tashkilotlarga jarima qo‘lladi va Tezpay hamda National Pay to‘lov tizimlari faoliyatiga olti oylik cheklovlar joriy etdi. Mazkur qarorlar oktabr oyida o‘tkazilgan keng ko‘lamli tekshiruvlar natijasida qabul qilindi.
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi yetti yig‘ilish o‘tkazib, qirqdan ortiq masalani ko‘rib chiqdi. Ulardan bir qismi kredit tashkilotlari ustavlariga o‘zgartirish kiritish, yangi mikromoliya tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, bir MMTni reyestrdan chiqarish, ulushlarga egalik qilishga ruxsat berish hamda bank rahbariyatiga nomzodlarni tasdiqlashga oid edi.
Yig‘ilishlarning yana bir bo‘limi kredit tashkilotlarining moliyaviy holati va prudenstial talablarning bajarilishiga bag‘ishlandi. Tekshiruvlar ko‘plab kamchiliklarni — ichki nazoratdagi muammolarni, ko‘rsatmalar bajarilmagan holatlarni hamda jinoyat daromadlarini legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash talablari buzilganini aniqladi.
Natijada Markaziy bank uch bank, besh mikromoliya tashkiloti va ikki to‘lov tashkilotiga jarima qo‘lladi. Shuningdek, bir bank va bir to‘lov tashkiloti kelgusida sanksiyalar qo‘llanishi haqida ogohlantirildi.
Eng keskin choralar Tezpay va National Pay tizimlariga nisbatan qo‘llandi. 13-noyabrdan boshlab olti oy muddatga ularning ayrim operatsiyalari cheklab qo‘yildi: elektron to‘lovlarni qayta ishlash, banklarga ma’lumot uzatish, bunday operatsiyalar bo‘yicha mablag‘ qabul qilish va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish.
Regulyator bu choralar to‘lov infratuzilmasining barqarorligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilganini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor