Melaniya Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida BMT Xavfsizlik Kengashiga raislik qildi
Dunyo
AQSH birinchi xonimi Melaniya Tramp qurolli mojarolar sharoitida bolalar ahvoliga bag‘ishlangan BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishiga raislik qildi. Uchrashuv AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi fonida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish 2-mart kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tdi. O‘z nutqida Melaniya Tramp hozirgi davrni «murakkab vaqt» deb atab, AQSH dunyo bo‘ylab barcha bolalarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
«AQSH butun dunyodagi barcha bolalarni qo‘llab-quvvatlaydi», — dedi u, bu masala muayyan bir mojaro emas, balki global muammo ekanini qayd etib. Shuningdek, u yaqin orada tinchlik o‘rnatilishiga umid bildirdi.
BMT Xavfsizlik Kengashining avvalgi yig‘ilishi 28-fevral kuni AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi boshlanishi munosabati bilan favqulodda tarzda chaqirilgan edi.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish AQSH va Isroilning Eronga bergan havo zarbalarini qoralab, ular xalqaro huquq normalari, jumladan BMT Nizomiga zid ekanini bildirdi. Shu bilan birga, u Eronning javob harakatlarini ham tanqid qilib, mintaqa davlatlarining suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzish mumkin emasligini ta’kidladi.
Eron davlat OAVlari xabariga ko‘ra, 28-fevral kuni Hormozgon viloyatining Minob shahrida qizlar maktabi yaqiniga raketa tushishi oqibatida kamida 165 kishi halok bo‘lgan, 100 ga yaqin kishi jarohat olgan. Mahalliy prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlarning aksariyati maktab o‘quvchilari bo‘lgan.
Isroil Mudofaa kuchlari esa mazkur hududda Isroil yoki AQSH tomonidan zarba berilgani haqida ma’lumotga ega emasligini ma’lum qildi.

Powered by Froala Editor