Xitoy “robot itlar to‘dasi”ni namoyish etdi

Dunyo

Xitoylik muhandislar yagona “to‘da” sifatida harakatlana oladigan, vazifalarni o‘zaro taqsimlaydigan jangovar robot itlarni taqdim etdi.

Xitoy “robot itlar to‘dasi”ni namoyish etdi
South China Morning Post xabariga ko‘ra, robotlar yagona tarmoqqa birlashtirilgan bo‘lib, ular o‘zaro ma’lumot almashadi va muvofiqlashtirilgan holda deyarli mustaqil harakat qila oladi.

Har bir robotga alohida vazifa yuklatilgan: ayrimlari razvedka olib boradi, boshqalari nishonlarga zarba beradi, yana boshqalari logistika bilan shug‘ullanadi. Bu tizim umumiy samaradorlikni oshiradi.

Shu bilan birga, qurol ishlatish inson nazorati ostida qoladi — buning uchun operator tasdig‘i talab etiladi.

Tizim dronlar bilan hamkorlikda ishlashi mumkin. Bu esa “havo — yer” operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi.

Mutaxassislar bunday texnologiyalar zamonaviy urush olib borish usullarini o‘zgartirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing