Sindarov FIDE Nomzodlar turnirini g‘alaba bilan boshladi
Sport
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov FIDE Nomzodlar turnirining birinchi turida irodali g‘alabaga erishdi — u kuchli raqiblardan biriga qarshi omadsiz boshlangan partiyani o‘z foydasiga burishga muvaffaq bo‘ldi.
Javohir Sindarov FIDE Nomzodlar turniri 2026 musobaqasidagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi. Turnir Kiprda bo‘lib o‘tmoqda. Bu O‘zbekiston uchun tarixiy voqea — mamlakat vakili ilk bor bunday darajadagi turnirda qatnashmoqda.
Dastlabki partiyada o‘zbekistonlik shaxmatchi oq donalarda rossiyalik grossmeyster Andrey Esipenkoni mag‘lub etdi. Debyut muvaffaqiyatsiz boshlanganiga va o‘yin davomida pozitsiya murakkab bo‘lganiga qaramay, Sindarov vaziyatni o‘zgartira oldi.
Hal qiluvchi pallalarda o‘yin kuchli tsaytnot sharoitida o‘tdi, biroq o‘zbekistonlik shaxmatchi tashabbusni saqlab qoldi, raqibini xatoga yo‘l qo‘yishga majbur qildi va partiyani g‘alaba bilan yakunladi. 41-yurishda Esipenko mag‘lubiyatni tan oldi. Partiyadan so‘ng Sindarov omadsiz boshlanish sabab yutqazishini kutganini ta’kidladi.
Birinchi turdagi g‘alaba unga yetakchilar qatoridan joy olish va turnir boshida psixologik ustunlikka ega bo‘lish imkonini berdi.
Ikkinchi turda Sindarov germaniyalik grossmeyster Matias Blyubaumga qarshi o‘ynaydi, Esipenko esa amerikalik Hikaru Nakamuraga qarshi bahs olib boradi.
Nomzodlar turniri 29-martdan 15-aprelgacha davom etadi va dunyoning sakkiz nafar eng kuchli shaxmatchisini jamlagan. G‘olib amaldagi jahon chempioni Dommaraju Gukeshga qarshi jahon tojiga bahs olib borish huquqini qo‘lga kiritadi.

Powered by Froala Editor