Sadyr Japarov BMT Xavfsizlik Kengashini isloh qilishni taklif qildi
Dunyo
Qirg‘iziston prezidenti Sadyr Japarov BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi umumiy munozaralarida tashkilot faoliyatini isloh qilish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi. Ular orasida Xavfsizlik Kengashi tarkibini kengaytirish, BMT qarorlari ijrosini nazorat qilishning yangi mexanizmini yaratish va veto huquqidan foydalanishni ixtiyoriy ravishda cheklash takliflari bor.
Japarov aholisi 1 milliarddan ortiq bo‘lgan Afrika qit’asiga Xavfsizlik Kengashida ikkita doimiy o‘rin, Lotin Amerikasiga esa bitta doimiy o‘rin berishni taklif qildi. Shuningdek, Xavfsizlik Kengashiga a’zo bo‘lish istagini bildirayotgan ayrim rivojlangan davlatlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi.
Qirg‘iziston prezidenti BMT qarorlarining ijrosi masalasiga ham alohida e’tibor qaratdi. Uning fikricha, BMT rezolyutsiyalarining muntazam bajarilmasligi ko‘p tomonlama hamkorlikka bo‘lgan ishonchni susaytiradi va xalqaro huquq majburiy emas degan tasavvurni kuchaytiradi.
Shu sababli Japarov BMT qarorlarini ijro etish va javobgarlikni ta’minlash mexanizmini ishlab chiqishni taklif qildi. Jumladan, Bosh Assambleya huzurida bajarilgan rezolyutsiyalar va davlatlar zimmasiga olgan majburiyatlarning ochiq reyestrini yaratish mumkinligini bildirdi.
U, shuningdek, BMT qarorlari muntazam bajarilmayotgan holatlarni ko‘rib chiqishda Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari veto huquqidan ixtiyoriy ravishda foydalanmasliklarini taklif qildi. Japarovning fikricha, bunday mexanizmning veto orqali muntazam bloklanishi BMT Nizomi ruhiga va a’zo davlatlarning teng javobgarligi tamoyiliga zid bo‘ladi.
Yana bir taklif sanksiyalarga taalluqli. Japarov sanksiyalar joriy etish bo‘yicha mutlaq huquqni BMTga berish va barcha cheklov choralarini oldindan majburiy ko‘rib chiqish mexanizmini joriy etishni taklif qildi. Sanksiya tashabbuskorlari ularning huquqiy asoslari, zarurati va maqsadlarini aniq ko‘rsatishi, shuningdek, cheklovlarni bekor qilish shartlarini belgilashi kerak.
U bunday yondashuv davlatlarning o‘z manfaatlaridan kelib chiqib bir-biriga nisbatan sanksiyalar qo‘llashi xavfini kamaytirishini ta’kidladi. «Ayrim yirik davlatlar o‘z manfaatlarini ko‘zlab, Qirg‘iziston kabi kichik mamlakatlarga bosim o‘tkazib, ularni ayrim masalalarda savdolashishga majbur qilmoqda va ultimatumlar qo‘ymoqda», — dedi Japarov.
Qirg‘iziston 2027-yil 1-yanvardan boshlab ushbu takliflarni BMT Xavfsizlik Kengashi a’zosi sifatida tegishli qo‘mita ko‘rib chiqishi uchun rasman kiritishni rejalashtirmoqda. Xavfsizlik Kengashi islohoti Bosh Assambleyaning hukumatlararo muzokaralari doirasida muhokama qilinib kelmoqda.

Powered by Froala Editor