Messi yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Sport
Argentinalik Lionel Messi FIFA talqiniga ko'ra, 2023 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U uchinchi marta ushbu mukofotni qo'lga kiritmoqda.
Amerikaning “Inter Mayami” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi FIFA talqiniga ko‘ra 2023-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U Norvegiya terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi hujumchisi Erling Xoland, shuningdek, Fransiya terma jamoasi va Fransiyaning "PSJ" klubi hujumchisi Kilian Mbappeni ortda qoldirdi.
Messi tanlovi ko'plab kuzatuvchilar uchun kutilmagan bo'ldi. O'tgan yili 36 yoshli argentinalik sportchi mojaroli tarzda "PSJ"ni tark etib, "Inter Mayami"ga o'tgan edi. Bu jamoa 2023-yilda AQSh va Kanadadagi oliy futbol ligasi MLSning Sharqiy konferensiyasida 14-o‘rinni egallay oldi, xolos.
Biroq, yakunda Lionel Messi ketma-ket ikkinchi yil va 2016-yildan buyon uchinchi marta "The FIFA Best" mukofotini qo'lga kiritdi. Oktyabr oyida u sakkiz karra "Oltin to'p" sohibiga aylangan edi. "France Football" jurnali tomonidan har yili topshiriladigan bu nufuzli mukofotni hech kim bunchalik ko'p marta qo'lga kiritmagan.
Shuningdek, Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” ayollar klubi hujumchisi Aytana Bonmati FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topildi. Erkaklar futbolida eng yaxshi murabbiy “Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola, ayollar futbolida esa Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Sarina Vigman bo'ldi. FIFA Braziliya terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi darvozaboni Edersonni dunyoning eng yaxshi darvozaboni deb tan e'lon qildi.

Powered by Froala Editor