Metapnevmovirus infeksiyasi, COVID-19 dan ham xavfliroq!?

Dunyo

Metapnevmovirus virusi bilan kasallanish holatlari har yili dunyoning barcha mamlakatlarida qayd etiladi. Qo‘shni Qozog‘istonda ham ayni paytda o‘tkir respirator virusli infeksiyalar va gripp bilan kasallanishning mavsumiy o‘sishi kuzatilayotgani, shu bilan birga metapnevmovirusning ham qayd etilgani SSV e’lon qilgan. Ushbu virus bo'yicha O'zbekiston Sanepid ham rasmiy ma'lumot berdi.

Metapnevmovirus infeksiyasi, COVID-19 dan ham xavfliroq!?
Metapnevmovirus birinchi marta 2001 yilda aniqlangan bo‘lib, asosan havo-tomchi yo‘li bilan, kamdan-kam holatlarda esa ifloslangan yuzalar bilan aloqa qilish orqali yuqadi.  Virusni asosan kuz-qish mavsumida faol aylanishi kuzatiladi.

Metapnevmovirus infeksiyasi, odatda burun oqishi, yo‘tal va isitma kabi belgilari bilan o‘tkir respiratorli infeksiyalar shaklida namoyon bo‘ladi, ba’zi hollarda bronxiolit va pnevmoniyani keltirib chiqaradi. Metapnevmovirus bilan kasallangan odamlarning aksariyati asoratlarsiz tuzalib ketadi.

Ayni vaqtda O'zbekistonda ham o‘tkir respirator infeksiyalarga chalinish holatlarining mavsumiy ko‘tarilishi kuzatilmoqda.

Ushbu respirator infeksiyalarning so‘ngi laborator tahlillari natijasiga ko‘ra: 36,9%da gripp virusi, 30,2%da rinovirus, 28,6%da respirator-sinsitial virus, 1,2%da metapnevmovirus va 3,1%da boshqa viruslar aniqlangan.

Ushbu infeksiyalarni yuqtirib olmaslik uchun:

profilaktika va gigiyena qoidalariga rioya qilish;

odamlar gavjum joylarga, ayniqsa yosh bolalarni olib yurishni cheklash;

kasallik belgilari paydo bo‘lgan oila a’zolarini alohida saqlab, shifokor ko‘rsatmasiga asosan davolanishni tavsiya qilinadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing