“Microsoft” “Apple”ni dog’da qoldirib, dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi
Biznes
2021-yildan beri ilk marta “Apple”ning bozor qiymati “Microsoft” kapitalizatsiyasidan pastga tushdi.
“Reuters” xabariga ko‘ra, “Microsoft” “Apple”ni ortda qoldirib, kompaniyalar orasida bozor qiymati bo'yicha yetakchi o'rinni egalladi. “Microsoft” aksiyalari 2 foizga oshib, kompaniya qiymatini 2,903 trillion dollarga oshirdi, “Apple” aksiyalari esa 0,9 foizga tushib, kompaniya kapitalizatsiyasini 2,871 trillion dollargacha kamaytirdi.
“Shak-shubhasizki, “Microsoft” “Apple”dan oldinda, chunki kompaniya tezroq rivojlanmoqda va generativ sun’iy intellektdan ko‘proq foyda olishi mumkin”, - deydi D.A. Devidson bankining tahlilchisi Gil Luriya.
2019-yilda “Microsoft” OpenAI-ga 1 milliard dollarlik birinchi sarmoya kiritdi va bu kompaniya uchun eksklyuziv bulutli hisoblash provayderiga aylandi.
Eslatib o’tamiz, 2023-yil boshida “Microsoft” o‘zining OpenAI sun’iy intellekt (AI) laboratoriyasiga milliardlab dollarlik katta uzoq muddatli sarmoya kiritish rejalarini e’lon qilgan edi.

Powered by Froala Editor