Mirziyoyev Germaniya Prezidenti bilan bir dasturxon ustida suhbatlashdi

Siyosat

Oʻzbekiston Prezidenti ayni damda rasmiy tashrif bilan Berlinda boʻlib turibdi. Bugun u yerda Markaziy Osiyo davlatlari Prezidentlari va Germaniya kanslerining birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.

Mirziyoyev Germaniya Prezidenti bilan bir dasturxon ustida suhbatlashdi
Bugun, 29-sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Berlinda Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Berlindagi Belvyu saroyida Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari dasturxon ustida suhbat qurgan.

Ma’lumot uchun, bugun Markaziy Osiyo davlatlari Prezidentlari va Germaniya kanslerining birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing