Mirziyoyev: O‘zbekiston dunyo shaxmat markaziga aylanishi kerak
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda shaxmatni rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalarni belgilab, terma jamoa yutuqlarida murabbiylar, ota-onalar va tayyorgarlik tizimining o‘rnini ta’kidladi. Uning aytishicha, mamlakatning navbatdagi maqsadi O‘zbekistonni nafaqat Olimpiada chempioni, balki dunyo shaxmat markaziga aylantirishdir.
Davlat rahbari har bir chempion ortida uning ota-onasi, birinchi ustozi, murabbiylari va uni qo‘llab-quvvatlagan jamoa turishini qayd etdi. Prezident Rustam Qosimjonovga alohida murojaat qilib, uning jahon chempionligi o‘zbek shaxmatida yangi davrni boshlab bergani, bugun esa to‘plagan tajribasi yangi avlodga o‘tayotganini ta’kidladi.
— Ustozning eng katta g‘alabasi — shogirdlarining undan ham baland marralarga chiqishidir! — dedi Prezident.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi 2026-yilda FIDE tomonidan “Eng yaxshi federatsiya” deb e’tirof etildi. Rustam Qosimjonov FIDEning faxriy vitse-prezidenti, Hulkar Tohirjonova esa Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha mintaqaviy prezidenti etib saylandi. Prezident bu e’tiroflarni O‘zbekistonning shaxmat mamlakati sifatidagi xalqaro nufuzi oshib borayotganining dalili sifatida qayd etdi.
Mirziyoyev to‘rt yil avval O‘zbekiston terma jamoasi Chennayda ilk bor shaxmat Olimpiadasi chempioni bo‘lganini, 2024-yilda Budapeshtda uchinchi o‘rinni egallaganini va 2026-yilda Samarqandda yana oltin medalni qo‘lga kiritganini eslatdi.
— Bu natijalar tasodifiy emas. Bu — maktab, bu — tizim, bu — o‘zbek shaxmatining yangi darajasi, — dedi Prezident.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, 2018-yildagi qarordan so‘ng maktablarda shaxmat o‘qitish, murabbiylar tayyorlash va klublarni rivojlantirish yo‘lga qo‘yildi. Besh yil avval FIDE reytingida eng kuchli o‘nta davlat qatoriga kirish maqsadi qo‘yilgan edi va bu vazifa amalga oshdi. So‘nggi o‘n yilda 17 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi xalqaro grossmeyster unvonini oldi, ularning besh nafari ayollardir.
Prezident navbatdagi maqsadni shunday belgiladi: «Yangi O‘zbekistonni nafaqat Olimpiada chempioni, balki dunyo shaxmat markaziga aylantiramiz».
Buning uchun iqtidorli bolalarni viloyat, tuman va mahallalarda erta aniqlash, ularni kuchli ustozlarga biriktirish hamda xalqaro turnirlarda qatnashishi uchun sharoit yaratish ko‘zda tutilmoqda. Qizlar shaxmati va parashaxmatni rivojlantirish bo‘yicha alohida tizim tashkil etiladi.
Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining Samarqand, Xorazm va Farg‘onada uchta hududiy filiali ochiladi. Akademiyada yuqori toifali murabbiylar tayyorlanadi. FIDE reytingida 1 500 dan yuqori ballga ega shaxmatchilarning xususiy klublardagi o‘qish xarajatlarining yarmi davlat tomonidan qoplanadi.
Shuningdek, “O‘zbekiston Grand chess” milliy brendi ostida xalqaro turnirlar muntazam o‘tkaziladi. Prezident Yangi Toshkentda 500 kishilik o‘yin zali, yotoqxona va sport maydonlariga ega zamonaviy shaxmat saroyini barpo etishni ham taklif qildi.

Powered by Froala Editor