Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti bilan uchrashdi

Iqtisodiyot

9-noyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti bilan uchrashdi
Davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilgan.

O‘zaro savdoni ko‘paytirish, mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha, shu jumladan Hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida muvofiqlashgan ishlarni davom ettirish muhimligi qayd etilgan.

Hududlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalari va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqqan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing