Mirziyoyev Tyananmen maydonida bo'ldi
Dunyo
Davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahridagi Tyananmen maydoniga tashrif buyurdi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati ma'lum qildi.
Xabar qilinishicha, O'zbekiston rahbari Xalq qahramonlari yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yib, XIX-XX asrlarda Xitoy mustaqilligi va ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lganlarning xotirasiga hurmat bajo keltirgan.
Ma'lumot uchun, Tyananmen maydoni xitoy millatining ramziy yuragi hisoblanadi. 1949-yil 1-oktabr kuni aynan shu yerda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilgani e’lon qilingan. Xalq qahramonlari yodgorligi XX asrning o‘rtalarida bunyod etilgan.

Powered by Froala Editor