Mirziyoyev va Berdimuhamedov yangi yil bilan tabriklashdi
O'zbekiston
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qilib, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari va 2026 yilga mo‘ljallangan uchrashuvlar rejasini muhokama qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali muloqot qilib, bir-birini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat davomida tomonlar o‘zbek-turkman munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi hamda strategik sheriklik va o‘zaro ishonchning yuqori darajasini qayd etdi.
Shuningdek, kelgusi yilda bo‘lib o‘tadigan ikki tomonlama uchrashuvlar va tadbirlar jadvali, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha muvofiqlashtirishni davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Powered by Froala Editor