Misr Isroil bilan tinchlik shartnomasini buzishga tayyorligini ma’lum qildi

Siyosat

Agar falastinlik qochqinlar Sinayga oqib kelsa, Misr Isroil bilan tinchlik bitimini buzishga tayyor. Bu haqda “Israel Hayom” gazetasi xabar bermoqda.

Misr Isroil bilan tinchlik shartnomasini buzishga tayyorligini ma’lum qildi
Misr va Isroilning yuqori martabali vakillari o‘rtasidagi qator uchrashuvlar chog‘ida Misr, agar falastinliklar chegarani kesib o‘tsa, Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha kelishuvni to‘xtatish yoki bekor qilish bilan tahdid qilgan. “Agar hatto bitta falastinlik qochqin [Misr hududiga] oʻtsa, tinchlik shartnomasi [ikki davlat oʻrtasidagi] bekor qilinadi”, — dedi nomaʼlum misrlik rasmiylardan biri.

Boshqa manbaga ko'ra, kelishuv katta ehtimol bilan vaqtincha to'xtatiladi.

Eslatib o'tamiz, Misr va Isroil 1948-yilda Isroil tashkil topganidan beri urushib kelmoqda. 1978-yilda ikkala davlat Vashingtonda Kemp Devid kelishuvlarini imzolaganlar, bu esa 1979-yil 26-martda tinchlik shartnomasi tuzilishiga olib keldi. Unga ko’ra, yahudiy davlati Sinay yarimorolidan barcha qo'shinlari va fuqarolarini olib chiqib ketishi kerak edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing