Ilon Mask Germaniyadagi saylovlarga bilvosita aralashmoqda

Dunyo

Dunyoning eng boy odami Ilon Mask Germaniyaning “Germaniya uchun alternativa” (AdG) partiyasini kutilmaganda qo‘llab-quvvatladi. U X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida "faqat AdG Germaniyani qutqarishi mumkin" deb yozdi.

Ilon Mask Germaniyadagi saylovlarga bilvosita aralashmoqda
Sog‘liqni saqlash vaziri Karl Lauterbach bu bayonotni "nomaqbul va juda muammoli" deb atadi. Hukumat matbuot kotibi Kristiana Xofmann esa bu holatdan xavotirda ekanliklarini ma’lum qildi.

"Men o‘zim faol foydalanuvchi bo‘lgan X platformasi tobora ko‘proq janob Maskning siyosiy pozitsiyalari va maqsadlarini targ‘ib qilish uchun ishlatilayotgani juda xavotirli. Uning bizning saylov kampaniyamizga aralashuvi endi diqqat bilan kuzatilishi kerak", — dedi Lauterbach BILD bilan suhbatda.

Shu bilan birga, AdG partiyasidan kantslerlikka nomzod Alisa Vaydel Maskning so‘zlariga qo‘shilib, "u mutlaqo haq" deb yozdi. Tashqi siyosat bo‘yicha ekspert Elmar Brok (XDS) Ilon Mask shu yo‘l bilan Germaniyada bo‘lib o‘tadigan saylovlarga aralashmoqchi ekanligini ta’kidladi.

"Dunyoning eng boy bir nechta odamlari global siyosatni o‘z foydasiga qayta qurishni va barcha nazorat shakllarini yo‘q qilishni istamoqda, shunda dunyo Trampga mos keladigan holatga keladi", — dedi u.

Professor Andreas Ryodder esa bunday holatda tinchlikni saqlashga chaqirdi. "Mask Germaniyaga nisbatan o‘zini xuddi ko‘plab nemis siyosatchilarining AQShga nisbatan tutganidek tutmoqda", — dedi u BILD bilan suhbatda.

Ma'lumot o'rnida, bu Ilon Maskning Germaniyadagi ichki siyosiy masalalarga birinchi marta izoh berishi emas. Shunday qilib, 2023-yil sentabrida u “svetofor koalitsiyasi” faoliyatini tanqid qilib, hukumat “xalq irodasiga qarshi” ish tutayotganini aytdi. Joriy yilning noyabr oyida koalitsiya parchalanganidan keyin Mask kansler Olaf Shols va Iqtisodiyot vaziri Robert Xabekni “ahmoqlar” deb atagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing