Namanganda jabrlangan besh yoshli qizaloqning oilasi ko‘chiriladi va uy-joy bilan ta’minlanadi
O'zbekiston
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyatida jinsiy zo‘ravonlikdan jabrlangan besh yoshli qizaloqning oilasiga kompleks yordam ko‘rsatadi. Oila boshqa shaharga ko‘chiriladi va u yerda uy-joy, reabilitatsiya hamda ijtimoiy yordam bilan ta’minlanadi.
Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva mutaxassislar va psixologlar dastlabki kunlardan qizaloq va uning onasi bilan ishlayotganini ma’lum qildi. Onasiga o‘qish va ishga joylashishda yordam beriladi. Zarur bo‘lsa, oilaga familiyasini o‘zgartirishda ham ko‘maklashiladi.
«Qizaloq va uning yaqinlari xavfsiz joyda yangi hayot boshlashlari uchun», — dedi Mirziyoyeva. Uning so‘zlariga ko‘ra, masala Prezident Administratsiyasining alohida nazoratida, barcha mas’ul idoralar oilaga yordam ko‘rsatishga jalb qilingan.
Avvalroq Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalarga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritish takliflari tayyorlanayotganini ma’lum qilgan. Uning aytishicha, javobgarlik faqat jinoyatni sodir etgan shaxs bilan cheklanmasligi, bolani himoya qilmagan mas’ullar ham jazolanishi kerak.
Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, gumonlanuvchi hibsga olingan va tergov davom etmoqda. Qizaloq va uning onasiga psixologik, tibbiy hamda huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Powered by Froala Editor