Seul Kiyevdan Shimoliy Koreya harbiy asirlari haqidagi ma’lumot oshkor qilingani uchun izoh va uzr talab qildi
Dunyo
Janubiy Koreya Prezident administratsiyasi Seulga Shimoliy Koreyaning ikki harbiy asiri topshirilgani haqidagi ma’lumot oshkor etilgach, Ukrainadan rasmiy izoh va uzr talab qildi. Janubiy Koreya tomonining ta’kidlashicha, Kiyev avval bu topshiruvni maxfiy saqlashga kelishgan, biroq keyinchalik yetarli maslahatlashuvlarsiz ma’lumotni oshkor qilgan.
Janubiy Koreya Prezidentining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha katta kotibi Son Gi Xon Ukraina tomonidan ma’lumot bir tomonlama oshkor qilingani va keyinchalik maxfiylik bo‘yicha kelishuv mavjudligini inkor etilgani yuzasidan Prezident administratsiyasi «chuqur afsusda» ekanini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Seul vaziyatdan kelib chiqib qo‘shimcha choralar ko‘rish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.
Janubiy Koreya tomonining ma’lum qilishicha, Kiyev turli kanallar orqali harbiy asirlarni topshirish masalasini Seul bilan bir necha bor muhokama qilgan va maxfiylikni saqlashni so‘ragan. Bunga Ukrainadagi ehtimoliy ichki siyosiy munosabatlar, xususan, Shimoliy Koreya harbiylarini ukrainalik asirlarga almashtirish imkoniyati boy berilgani haqidagi tanqidlar sabab sifatida ko‘rsatilgan.
Seul xavfsizlik, diplomatik va gumanitar omillarni, jumladan, harbiy asirlar va ularning oilalari xavfsizligini hisobga olib, ma’lumotni maxfiy saqlashga rozi bo‘lgan. Janubiy Koreya Prezident administratsiyasiga ko‘ra, topshiruv haqidagi ma’lumot Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasidagi nutqi vaqtida oshkor qilingan.
Zelenskiy chorshanba kuni Bosh Assambleyada Ukraina yaqinda Kursk viloyatida asirga olingan Shimoliy Koreyaning ikki harbiy xizmatchisini Janubiy Koreyaga topshirganini ma’lum qildi. BMT materiallari ham ushbu bayonot 81-sessiya umumiy munozaralari vaqtida yangraganini tasdiqlaydi.
Zelenskiy Shimoliy Koreya harbiylari ukrainaliklar tomonidan asirga olingani haqida ilk bor 2025-yil yanvarida xabar bergan edi. 2026-yil iyulida Janubiy Koreya va Ukraina prezidentlari shimoliy koreyalik harbiy asirlar masalasini ularning erkin xohish-irodasi, xalqaro huquq va gumanitar tamoyillar asosida hal qilishga kelishgan.
Seul yuz bergan voqea ikki hukumat o‘rtasidagi ishonchga jiddiy zarar yetkazganini va ikki tomonlama munosabatlarga ta’sir qilishi mumkinligini bildirdi. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Ukrainaning Janubiy Koreyadagi elchixonasi agentlik so‘roviga javob bermagan.

Powered by Froala Editor