Miyasiga “Neuralink” chipi o’rnatilgan odam kompyuter sichqonchasini fikr kuchi bilan boshqara oldi
Texnologiya
Ilon Maskning “Neuralink” kompaniyasi tomonidan miyasiga chip o‘rnatilgan inson fikr kuchi yordamida kompyuter sichqonchasini boshqarishga muvaffaq bo‘ldi.
"Natija yaxshi, bemor bizga ma’lum neyron effektlar bilan to'liq tiklanganga o'xshaydi. Bemor shunchaki o'ylash orqali sichqonchani ekran bo'ylab harakatlantira oladi", — dedi Mask.
Ilon Mask “Neuralink” kompaniyasiga 2016-yil iyul oyida asos solgan va hozirda mutaxassislar kelajakda inson miyasiga o‘rnatiladigan chiplar ustida ishlamoqdalar. Maskning fikricha, bunday neyron interfeyslar odamga sun'iy intellektga qarshi tura oladigan kiborgga (mexanik qismlari bo'lgan odam) aylanish imkonini beradi va odamlarga kompyuterni bevosita fikr kuchi bilan boshqarishga ko’maklashadi. Eslatib o’tamiz, kompaniya 2023-yil 25-mayda FDA dan odamlarda klinik sinovlar o‘tkazishga ruxsat olganini e’lon qilgandi.
Yanvar oyi oxirida Mask “Neuralink” implanti inson miyasiga muvaffaqiyatli o’rnatilganini e'lon qildi. Uning so'zlariga ko'ra, qurilmaning ishlashi o’zining istiqbolli natijalari bilan kishini hayratga soladi.

Powered by Froala Editor