Mo‘g‘uliston Prezidentining tashrifi yakunlandi

O'zbekiston

Bugun, 26-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo‘lgan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux to‘rt kunlik tashrifini yakunlab, Ulan-Batorga uchib ketdi, deb xabar bermoqda O’zA.

Mo‘g‘uliston Prezidentining tashrifi yakunlandi
“Urganch xalqaro aeroportida Mo‘g‘uliston rahbari va uning rafiqasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov, viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi”, ― deyiladi xabarda.

Eslatib o’tamiz, Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux mamlakatimizda 23-26-iyun kunlari davlat tashrifi bilan bo‘ldi.

Kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, yengil sanoat, sog‘liqni saqlash, transport, logistika va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari o‘rin oldi. Shuningdek, madaniy-gumanitar va turizm aloqalarini faollashtirishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlar muhokama qilindi. Xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Aytish joizki, bu Mo‘g‘uliston Prezidentining O‘zbekistonga ilk davlat tashrifi bo‘ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing