Moskvadagi terakt qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q

Siyosat

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasiga “Krokus Siti Xoll”dagi teraktdan jabr ko‘rgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari haqida hech qanday ma’lumot kelib tushmadi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi ma'lum qildi.

Moskvadagi terakt qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q
“O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll” savdo markazida yuz bergan portlash va otishma natijasida tinch aholining jabrlangani oqibatida ko‘plab qurbonlar bo‘lgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildi. Elchixona qabul qiluvchi davlat huquq-tartibot idoralari bilan yaqin aloqada boʻlib turibdi. Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari jabrlanganlar haqida maʼlumot olinmagan. Halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Shuningdek, barcha jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini so‘raymiz. Biz O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xotirjam bo‘lishga va xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqiramiz”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Moskva yaqinidagi Krasnogorskda “Krokus Siti Xoll” konsert zalida yuz bergan otishma natijasida bir necha o‘nlab kishi halok bo‘lgan, yuzdan ortiq kishi jarohatlangan. 22-mart, juma oqshomida “Piknik” rok guruhining konserti boshlanishi oldidan kamuflyaj kiygan bir guruh odamlar o‘t ochgan. Binoda yong‘in sodir bo‘lgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing